VEXAAriza qoldirish

Do‘kon yopiq. Sotuvchi ishlayapti.

V
Issiq mijoz

Samsung 7 kg · Chilonzor · +998 90 123 •• ••

texnika.marketInstagram · Direct

Assalomu alaykum. Samsung 7 kg kir yuvish mashinasi narxi qancha?

AI yordamchi

Va alaykum assalom! Samsung 7 kg kir yuvish mashinasi narxi 4 200 000 so‘m. Yetkazib berish kerakmi?

4 200 000prays-list · 12-qator

Ha, Chilonzorga. Raqamim 90 123 45 67

Rahmat! Menejerimiz ertalab siz bilan bog‘lanadi.

Namuna suhbat

Replix Instagram va Telegram’dagi xaridorlarga soniyalar ichida javob beradi. Narxni faqat sizning prays-listingizdan aytadi, bilmaganini menejerga uzatadi, issiq mijozni esa darhol Telegram’ingizga yuboradi.

Hozir pilot bosqichi: bizneslarni jamoamiz o‘zi ulab beradi.

NARXI QANCHA? JAVOB SONIYALARDA · 24 SOAT ISHLAYDI · NARX FAQAT PRAYS-LISTDAN · ISSIQ MIJOZ DARHOL SIZGA · O'ZBEKCHA VA RUSCHA

Narxni o‘ylab topmaydi.

Javobdagi har bir narx prays-listingizdagi qator bilan solishtiriladi. Ro‘yxatda yo‘q raqam javobga chiqmaydi: suhbat menejerga o‘tadi.

Samsung 8 kg qancha turadi?

Samsung 8 kg kir yuvish mashinasi narxi 4 900 000 so‘m.

Uch qadamda ishga tushadi

  1. Kanallarni ulaymiz

    Instagram professional akkaunti, Telegram bot yoki Telegram Business. Ulashni jamoamiz o‘zi qiladi.

  2. Prays-list va javoblarni yuklaysiz

    Excel, CSV yoki Google Sheets jadvali, ko‘p beriladigan savollar va oddiy matn. Replix faqat shu ma’lumotdan foydalanadi.

  3. Replix javob beradi, siz sotasiz

    Oddiy savollarga bot javob beradi. Telefon qoldirgan va xarid niyati bor mijoz «issiq» deb belgilanadi va Telegram’ingizga darhol keladi.

BOT JAVOB BERYAPTI

Suhbat har doim sizning qo‘lingizda

Istalgan suhbatni o‘zingiz davom ettirasiz. /olish buyrug‘i botni to‘xtatadi, /qaytarish uni yana ishga tushiradi. Bot nima yozganini panelda ko‘rib turasiz.

  • Mijozga AI yordamchi ekani birinchi javobdayoq aytiladi.
  • Mijoz odam bilan gaplashmoqchi bo‘lsa, suhbat menejerga o‘tadi.
  • Issiq mijoz haqida xabar Telegram’ingizga keladi.

Mijozlaringiz qayerda bo‘lsa, o‘sha yerda

Instagram Direct
Direktdagi savollarga javob beradi.
Instagram izohlari
Postga «NARX» deb yozgan odamga izohda qisqa javob beradi, narxni esa direktga yozadi.
Telegram bot
Biznesingiz botida mijozlar bilan gaplashadi.
Telegram Business
Shaxsiy akkauntingizdagi chatlarga javob beradi. Telegram Premium kerak.

O‘zbekcha (lotin va kirill) va ruscha xabarlarni tushunadi, javobni o‘zbek yoki rus tilida beradi.

Ishlar

Mijoz ma’lumotlari bilan nima qilamiz

Ko‘p beriladigan savollar

Instagram akkauntim bloklanib qolmaydimi?

Replix Instagram’ga faqat Meta’ning rasmiy API’si orqali ulanadi. Parolingizni so‘ramaymiz va norasmiy usullardan foydalanmaymiz.

Bot narxni noto‘g‘ri aytib qo‘ysa-chi?

Narx faqat prays-listingizdan olinadi va javob yuborilishidan oldin tekshiriladi. Ro‘yxatda topilmasa, bot narx aytmaydi va suhbatni menejerga uzatadi. Prays-listni yangilab tursangiz bas.

Mijoz bot bilan gaplashayotganini biladimi?

Ha. Birinchi javobda AI yordamchi ekani aytiladi. Mijoz istasa, menejer bilan gaplashadi.

Telegram Business uchun nima kerak?

Akkauntingizda Telegram Premium bo‘lishi kerak, bu Telegram’ning talabi. Oddiy Telegram bot uchun Premium kerak emas.

Qancha turadi?

Hozir pilot bosqichidamiz: shartlarni har bir biznes bilan alohida kelishamiz. Ariza qoldiring, biznesingizga mos variantni aytamiz.

Ma’lumotlarim qayerda saqlanadi?

Asosiy bazalar O‘zbekistondagi serverlarda. Qaysi ma’lumot, qancha muddat saqlanishi va kimga berilishi Maxfiylik siyosatida yozilgan.

Ariza qoldiring

Biznesingiz haqida qisqacha yozing. O‘zimiz bog‘lanamiz va ulash tartibini tushuntiramiz.