Jalb qilingan operatorlar (sub-protsessorlar)
«VEXA» MChJ (STIR 313390403) Replix platformasini ko'rsatish uchun quyidagi Jalb qilingan operatorlardan foydalanadi. Ular ma'lumotlarga faqat VEXA topshirig'i bilan va faqat xizmat ko'rsatish uchun zarur hajmda ishlov beradi. Bu Maxfiylik siyosatining 8.1-bandi va Foydalanish shartlari 1-ilovasining 5-bo'limida ko'rsatilgan ro'yxat.
Oxirgi yangilanish: 16.10.2026
| Operator | Vazifasi | Qanday ma'lumot | Davlat | Huquqiy asos |
|---|---|---|---|---|
| «VEXA» MChJ o'z serveri | Asosiy server, ma'lumotlar bazasi, zaxira nusxalar | Barcha mijoz ma'lumotlari (shifrlangan) | O'zbekiston | Ichki ishlov berish |
| Google LLC (Gemini) | SI javoblarini tayyorlash; Bilim bazasini qidiruv uchun vektorga aylantirish | Niqoblangan yozishma matni, Bilim bazasi parchalari | AQSh | VM 29.07.2026 dagi 415-son qarori (AQSh uchun — DPF ishtirokchisi bo'lsa), aks holda standart shartnoma shartlari |
| Jina AI GmbH | Bilim bazasidan topilgan natijalarni saralash | Bilim bazasi parchalari, savol matni | Germaniya | Germaniya — adekvat himoyali davlat (VM 29.07.2026 dagi 415-son qarori) |
| Google LLC (Google Sheets API) | Biznes ulagan prays-list jadvalini sinxronlash | Biznesning mahsulot va narx jadvali | AQSh | VM 29.07.2026 dagi 415-son qarori (AQSh uchun — DPF ishtirokchisi bo'lsa), aks holda standart shartnoma shartlari |
| Cloudflare, Inc. | Saytni yetkazish (CDN), DDoS himoyasi | IP manzil, texnik so'rov ma'lumotlari | AQSh | VM 29.07.2026 dagi 415-son qarori (AQSh uchun — DPF ishtirokchisi bo'lsa), aks holda standart shartnoma shartlari |
| Zoho Corporation | Korporativ elektron pochta | Bizga yozilgan xatlar va murojaatlar | AQSh | VM 29.07.2026 dagi 415-son qarori (AQSh uchun — DPF ishtirokchisi bo'lsa), aks holda standart shartnoma shartlari |
Asosiy ma'lumotlar bazasi O'zbekistonda saqlanadi; chet elga faqat javob tayyorlash va texnik xizmatlar uchun minimal, niqoblangan ma'lumot uzatiladi. SI provayderi API orqali yuborilgan ma'lumotlardan model o'qitmaslik sharti asosida tanlangan (Maxfiylik siyosati, 7.3-band). Yangi SI provayder qo'shilsa, ro'yxat quyidagi tartibda yangilanadi.
Meta Platforms (Instagram) va Telegram Jalb qilingan operator emas, balki mustaqil Kanal provayderlaridir; ular ma'lumotlarga o'z maxfiylik siyosatlari asosida ishlov beradi (Foydalanish shartlari, 1-ilova, 5.4-band).
Yangi operator jalb qilinishidan kamida 10 kun oldin biznes mijozlar Platforma yoki email orqali xabardor qilinadi va asosli e'tiroz bildirishi mumkin (1-ilova, 5.2-band). Oldingi tahrirlar arxivda saqlanadi. Savollar: privacy@vexagroup.uz