Ma’lumotlarni o‘chirish
Oxirgi yangilanish: 18.10.2026
Bu sahifa Replix platformasida ishlov berilgan shaxsiy ma’lumotlarni qanday o‘chirtirish mumkinligini tushuntiradi.
Biznesga Instagram yoki Telegram orqali yozgan bo‘lsangiz
- Biznes bilan yozishmaning o‘zida «Ma’lumotlarimni o‘chiring» deb yozing. Yordamchi so‘rovni tasdiqlashingizni so‘raydi; «Ha» deb javob bersangiz, tasdiq kodi (masalan, DEL-7K3QF) va so‘rov holatini ko‘rish havolasi keladi.
- Siz yozgan biznesga ma’lumotlaringizni o‘chirishni so‘rab yozing. Replix platformasidagi ma’lumotlar bazasining egasi o‘sha biznes.
- Yoki shu saytdagi ariza formasida «Ma’lumotlarni o‘chirish» turini tanlang. Biznes nomini, kanalni (Instagram yoki Telegram) va foydalanuvchi nomingizni yozing.
- Biznesga ulashib yuborishimiz va so‘rov bajarilishini nazorat qilishimiz uchun aloqa usulingizni qoldiring.
Email orqali
- privacy@vexagroup.uz manziliga yozing: biznes yoki bloger nomi, kanal (Instagram yoki Telegram), foydalanuvchi nomingiz va «ma'lumotlarimni o'chiring» so'rovi.
- So'rov ro'yxatga olinadi va sizga tasdiq kodi beriladi (masalan, DEL-00001). So'rov holatini shu kodni yuborib bilishingiz mumkin.
- Shaxsingizni tasdiqlash uchun username bo'yicha qisqa tekshiruv o'tkazilishi mumkin; hujjat nusxasi so'ralmaydi.
Replix’dan foydalanadigan biznes bo‘lsangiz
- Akkauntni o‘chirish yoki ulangan kanalni uzish uchun ariza formasida «Ma’lumotlarni o‘chirish» turini tanlang.
Nima o'chiriladi va nima saqlanadi
- O'chiriladi: xabarlar, izohlar, fayllar, ism, username, telefon raqami, kanal identifikatorlari, lid yozuvi va uning toifasi, shu jumladan Jalb qilingan operatorlardagi nusxalar.
- Saqlanadi: qonun saqlashni talab qiladigan buxgalteriya va soliq hujjatlari (faqat platforma foydalanuvchilariga tegishli) hamda so'rov bajarilganini tasdiqlovchi minimal yozuv (sana va so'rov raqami, mazmunsiz).
Muddatlar
- Ma’lumotlar asosiy tizimlardan so‘rov olingan kundan e’tiboran 10 kun ichida, zaxira nusxalardan esa 30 kun ichida o‘chiriladi.
- Qonunda saqlash talab qilingan ma’lumotlar (masalan, buxgalteriya hujjatlari) shu muddat tugaguncha saqlanadi.
- So‘rov bajarilgani haqida sizga xabar beramiz.
Batafsil: Maxfiylik siyosatining 11-bo‘limi
O‘chirish so‘rovini yuborish